Talabalar sinov laboratoriyalar majmuasi faoliyati bilan tanishdi

"O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Sirdaryo filiali sohada yetuk mutaxassislarni tayyorlash maqsadida oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ishlar olib bormoqda.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali "Oziq-ovqat texnologiyasi" kafedrasining talabalari hududiy filial sinov laboratoriyalari majmuasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mutaxassislar tomonidan talabalarga mahsulotlarning sinovlarini amalga oshirish va xavfsizlik qoidalariga rioya etish bo‘yicha dastlabki ko‘nikmalar berildi.