Tadbirkorlar uchun xalqaro ekspertlar ishtirokida seminar tashkil etildi
Bosh sahifa Yangiliklar Tadbirkorlar uchun xalqaro ekspertlar ishtirokida seminar tashkil etildi
BMT taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda respublikaning barcha hududlarida tajribali xorijiy mutaxassis, O‘zbekiston–Latviya savdo uyi direktori V.Galperins ishtirokida "Yevropa bozoriga eksport qilish: talablar, tartiblar va qoidalar" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Namangan shahrida o‘tkazilgan navbatdagi seminarda viloyatdagi eksportyor korxonalar, "Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Namangan filiali Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi hamda Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish mutaxassislari faol ishtirok etdi.