Sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bosh sahifa Yangiliklar Sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Samarqand filiali xodimlari Samarqand shahrida joylashgan sut va sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi "MILKVILL" masʼuliyati cheklangan jamiyatida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
Uchrashuvda korxona vakillari bilan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirish yuzasidan hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.
Hozirgi kunda korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni muvofiqligini baholash masalalarida amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.