Surxondaryoda yangi eksport logistika markazlari ochildi

"O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Surxondaryo filiali masʼullari viloyatning 6 ta tumanida tashkil etilgan eksport logistika markazlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish uchun xizmat qiluvchi "eksport logistika markazlari" tomonidan eksportga yo‘natirilayotgan mahsulotlarni sifatini kafolatlash va muvofiqligini baholash yuzasidan tavsiyalar berildi. Bundan tashqari, ushbu logistika markazlariga filialning bir nafardan malakali mutaxassislari ma’sul etib belgilandi.