Surxondaryoda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘tkazildi

Surxondaryo viloyati Termiz tumanida Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-maydagi 195-sonli "2023-yilda hududiy va Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga asosan "Qishloq xo‘jaligi va meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, qurilish materiallari, dorivor o‘simliklarini qayta ishlash sohalari va oziq-ovqat sanoati" yo‘nalishlarida hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur sanoat ko‘rgazmasida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agenligi tizim tashkilotlari hamda "UzTest" davlat muassasasi Surxondaryo filiali mutaxassislari ishtirok etib, tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Yarmarka doirasida sanoat korxonalariga sohaga oid qounchilikdagi yangiliklar yetkazilib, hamkorlik shartnomalari amalga oshirildi.