Surxondaryo viloyatida eksportyor korxonalar ishtirokida seminar-trening tashkil etildi

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida "Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Surxondaryo filiali tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-iyuldagi PF-111-sonli Farmoni ijrosini ta‘minlash maqsadida seminar trening tashkil qilindi.
"Yevropa Ittifoqining GSP+ tizimi doirasida imtiyozga ega bo‘lgan mahalliy mahsulotlar, xalqaro standartlar, xalqaro standart tizimlarini ishlab chiqarish jarayonida joriy etish" mavzusidagi ushbu seminarda viloyatdagi eksportyor va ishlab chiqarish korxonalari vakillari ishtirok etdi.