"SIRDARYO UNIVERSAL OYNA" korxonasiga soha xizmatlari ko‘rsatildi

Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida joylashgan, shisha idish mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksporti bilan shug‘ullanuvchi "SIRDARYO UNIVERSAL OYNA" masʼuliyati cheklangan jamiyati vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi "davlat muassasasi Sirdaryo filiali mutaxassislari tomonidan korxona vakillariga xorijiy davlat talablari, mahsulotlarni ishlab chiqarish, sinovdan o‘tkazish, sertifikatlashtirish tartibi bo‘yicha keng tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 826-sonli qaroriga asosan, xalqaro sertifikatlarni olish bo‘yicha imtiyozlar to‘g‘risida hamda GSP+ tizimi doirasidagi imtiyozlardan foydalanish yuzasidan qo‘llanmalar taqdim etildi.