Sinov natijalarining yuqoriligi zamonaviy texnologiyalar bilan bog‘liq

"O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Yengil sanoat mahsulotlari sinov laboratoriyalar majmuasi akkreditatsiya sohasini kengaytirish maqsadida Xitoy davlatining "Gester" firmasidan zamonaviy sinov uskunasi xarid qilindi.
Bugungi kunda sinov majmuasi mutaxassislari tomonidan linoleum mahsulotlarining ГОСТ 7251-2016 me’yoriy hujjati asosida ishqalanishga chidamlilik ko‘rsatgichlari bo‘yicha sinovlarni amalga oshiruvchi ushbu sinov uskunasini o‘zlashtirish ishlari olib borilmoqda.