"Shurtan GKM" korxonasi bilan hamkorlik o‘rnatildi

"O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Qashqadaryo filiali xodimlari Qarshi shahrida joylashgan "Shurtan GKM" masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli termoplast ishlab chiqarish zavodida bo‘lib, korxonaning ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
Jarayonda mahsulotlar sifati va xavfsizligini oshirish, xalqaro standartlarni joriy etish hamda sertifikatlashtirish masalalarida korxona vakillariga zarur tavsiyalar berildi. Yakunda hamkorlikda ishlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.