Samarqandda ishlab chiqaruvchi va eksportyor korxonalar bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda

"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Samarqand filiali xodimlari Nurobod tumanida joylashgan, kir yuvish mashinalari va alyumin radiator mahsulotlari ishlab chiqaruvchi "TESPACK INVESTMENT" masʼuliyati cheklangan jamiyatida uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv mobaynida ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishilib, hozirda korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni muvofiqligini baholash masalalarida amaliy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, korxona vakillar bilan kelgusida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirish yuzasidan hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.