"ROZA AROMA MIX" oilaviy korxonasi mahsulotlari sinovdan o‘tkazildi

"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Navoiy filiali xodimlari Navoiy viloyati Xatirchi tumanida faoliyat yuritayotgan kimyoviy yuvish vositalari ishlab chiqaruvchi "ROZA AROMA MIX" oilaviy korxonasining ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
Bugungi kunda korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan xo‘jalik sovuni mahsulotlariga filial xodimlari tomonidan muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish masalalarida amaliy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, jarayon davomida sohaga doir masalalar yuzasidan kerakli maslahatlar va zarur maʼlumotlar taqdim etildi.