Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasiga start berildi

Toshkent shahrida mamlakatimizning neft va gaz, elektr energetika, kimyo, toʻqimachilik, charm-poyabzal sanoati hamda boshqa yirik korxonalari ishtirokida Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasiga start berildi.
"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasining eng ilgʻor texnologiyalar asosida jihozlangan sinov laboratoriyalari imkoniyatlari va sohada koʻrsatilayotgan amaliy xizmatlari koʻrgazma ishtirokchilari eʼtiborini tortdi.
Yurtimizga olib kelinayotgan eksport mahsulotlarini mahalliylashtirish, sanoat korxonalarining oʻzaro hamkorligini taʼminlash hamda istiqbolli loyihalar ishlab chiqish maqsadida tashkil etilgan ushbu koʻrgazmada mahsulotlar va xizmatlar uchun yangi shartnomalar imzolash va xaridorlar topish imkoniyati mavjud.