"QUANTITIY CLASS" masʼuliyati cheklangan jamiyatida xalqaro standart joriy etildi

Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumanida faoliyat yurituvchi "QUANTITIY CLASS" masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan bugungi kunda un mahsulotlari ishlab chiqarilib, ushbu mahsulotlarni Afg‘oniston davlatiga eksport qilish yo‘lga qo‘yilgan.
"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Qoʻqon filiali koʻmagida ushbu korxonada ISO 22000:2018 xalqaro standarti joriy etildi. Bundan tashqari, filial mutaxassislarining amaliy yordamlari natijasida mazkur standart bilan bogʻliq xarajatlarning 100 foizi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan eksportyorlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida berilgan imtiyozlardan foydalangan holda korxona hisobiga qaytarildi. Hozirgi kunda korxona bilan sohaga doir hamkorlikdagi faoliyat yanada kengaytirilmoqda.