Qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

Iqtisodiyot samaradorligini oshirish, yetkazib berilayotgan mahsulotlarning ishonchliligi, xavfsizligi, foydalanishda qulayligi va sifatini ta’minlashda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi qonun hujjatlarining ahamiyati katta.
So‘nggi yillarda ushbu sohada amalga oshirilgan islohotlar tufayli huquqiy asoslar mustahkamlandi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining "Standartlashtirish to‘g‘risida"gi, "Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida"gi, "Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish to‘g‘risida"gi, "Metrologiya to‘g‘risida"gi qonunlari qabul qilindi.
Ana shu qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatini mutaxassislarga yanada chuqurroq yetkazish maqsadida "Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi hamda uning hududiy filiallari xodimlari uchun o‘quv seminari tashkil etildi. Onlayn tarzda o‘tkazilgan seminarda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.