"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Samarqand filiali xodimlari Samarqand shahrida joylashgan oyoq kiyim mahsulotlari ishlab chiqaruvchi "Metin Gong" masʼuliyati cheklangan jamiyati bilan hamkorlikda ishlar olib bormoqda.
Korxona vakillari bilan o‘tgan navbatdagi uchrashuvda sohaga doir qonunchiliklar to‘g‘risida keng tushunchalar berildi.
Bugungi kunda korxona tomonidan chetdan olib kelinayotgan mahsulotlarni muvofiqligini baholash masalalarida amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida sinov majmuasida mahsulotlarning sinovi amalga oshirilmoqda.