O‘zbekiston — Ummon: Xalqaro hamkorlik kengaytirilmoqda

Ummon Sultonligining "ATYAB INTERNATIONAL SERVICES" tashkiloti ekspertlari bilan "Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi masʼullari oʻrtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda "UzTest" davlat muassasasi qoshidagi mavjud sinov laboratoriyalarni xalqaro akkreditatsiyalashga tayyorlash va oʻtkazish, jarayonga malakali ekspertlarni jalb qilish hamda soha yo‘nalishlarida xodimlar malakalarini oshirish, shuningdek, xalqaro standartlarni amaliyotga tadbiq etish masalalari tomonlar oʻrtasida muhokama qilindi.
Bundan tashqari, xorijlik ekspertlar Markazning oziq-ovqat mahsulotlari sinov laboratoriyalar majmuasi faoliyati bilan yaqindan tanishib, bu borada o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Muzokaralar yakunida hamkorlikda ishlash yuzasidan tomonlar oʻrtasida memorandum imzolashga kelishib olindi.