"O‘zbekiston Metallurgiya Kombinati" aksiyadorlik jamiyatida o‘rganish olib borildi

"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Bekobod filiali mutaxassislari Toshkent viloyati Bekobod shahrida joylashgan "O‘zbekiston Metallurgiya Kombinati" aksiyadorlik jamiyatida o‘rganish olib bordi.
Emal idishlar ishlab chiqaruvchi mazkur korxona vakillariga mahsulotlar sifati va xavfsizligini oshirish, xalqaro standartlarni joriy etish talablari yetkazildi. Shuningdek, GSP+ tizimi doirasida mahsulotlarni eksportga yoʻnaltirish afzalliklar xususida maʼlumotlar taqdim etildi.