O‘zbekiston Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil qilindi

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, undagi huquq va erkinliklarga qaratilgan mazkur tadbirda Adliya boshqarmasi masʼul vakillari, "O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi hamda O‘zMMI Jizzax filiali xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olganlar tomonidan yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati va ahamiyati, uni o‘rganishning zarurati masalalariga to‘xtalib, Oʻzbekiston – suveren, demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlat ekani qatʼiy belgilab qoʻyilganligi hamda inson huquq va erkinliklari qonunlarimizning, har bir vazirlik va idora faoliyatining mazmuniga aylanishi qatʼiy talab sifatida belgilanganligi alohida ta’kidlandi.