O‘zbekiston 52 ta davlatga to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2024-yilning yanvar–fevral oylarida qiymati 519,4 mln AQSH dollarlik to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan.
Bu ko‘rsatkich umumiy eksportning 14,3% ini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3% ga oshgan.
Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibida tayyor to‘qimachilik mahsulotlari (37,4%), kalava-ip (47,7%) asosiy ulushni egallagan.
2024-yilning yanvar–fevral oylarida 496 turdagi to‘qimachilik mahsulotlari dunyoning 52 ta davlatiga eksport qilingan.
To‘qimachilik mahsulotlari tarkibida:
Kalava-ip – 247,8 mln
Tayyor to‘qimachilik mahsulotlari – 194,4 mln
Trikotaj mato – 42,8 mln
Gazlamalar – 26,8 mln
Paypoq mahsulotlari – 7,7 mln.