Oʻzbekiston — Qozog‘iston: standartlashtirish sohasida hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi

Qozoq standart va metrologiya instituti vakillari hamda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi mas’ullari ishtirokida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv mobaynida standartlashtirish, sertifikatlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash va akkreditatsiya sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, hamkorlikdagi rejalar muhokama qilindi.
Bundan tashqari, "Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi mutaxassislari tomonidan sinov laboratoriyalari va logistika xizmati imkoniyatlari yuzasidan taqdimotlar qilindi. Yakunda hamkorlik faoliyat yuritish bo‘yicha memorandum imzolashga kelishib olindi.