Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik kengaytirilmoqda

"O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Sirdaryo filiali oliy ta’lim muassasalari bilan soha yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikda ishlar olib bormoqda.
Jumladan, filial masʼullari Guliston davlat universitetining "Ishlab chiqarish texnologiyalari" fakulteti hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida uchrashuvlar o‘tkazib, professor o‘qituvchilari hamda talabalariga ilmiy ishlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasi bo‘yicha hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan kelishuvga erishdi.