Oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik kengaytirilmoqda

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov hamda "Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi direktori Javlon Kattaxodjayev va bir qator mas’ullar Namangan muhandislik-texnologiya instituti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Oliy ta’lim muassasasidagi kadrlar tayyorlash sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda oʻquv-ilmiy laboratoriyalar faoliyati bilan tanishish jarayonida ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish borasida o‘zaro fikr-mulohazalar almashildi.
Uchrashuv mobaynida "Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasining Namangan filialida "Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifatini boshqarish" kafedrasining maxsus oʻquv xonasini tashkil etish boʻyicha kelishib olindi.