Neft mahsulotlari sifati yuzasidan xorijiy ekspertlar ishtirokida seminar-trening boshlandi
Bosh sahifa Yangiliklar Neft mahsulotlari sifati yuzasidan xorijiy ekspertlar ishtirokida seminar-trening boshlandi
Koreya Respublikasining "K-Petro" kompaniyasi tomonidan neft va neft mahsulotlari sifati masalalariga bag‘ishlangan onlayn seminar-trening o‘z ishini boshladi. Mazkur treningda "Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi masʼullari o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etmoqda.
Joriy yilning 11—12-dekabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan ushbu treningda ishlab chiqarish korxonalari, sanoat tarmoqlari vakillari va boshqa qiziquvchilar neft mahsulotlarining sifati to‘g‘risida maʼlumotlar olish imkoniyatiga ega.