Sayido Nasafiy nomidagi Qashqadaryo viloyat axborot-kutubxona markazida “Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Qashqadaryo filiali xodimlari ishtirokida O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda milliy bayrogʻimizning yaratilish tarixi, undagi timsollarning mazmun-mohiyati va xalqimizning ezgu qadriyatlari xususida soʻz yuritildi.
Dunyoda oʻz mustaqilligini qoʻlga kiritgan har bir yurt borki bayrogʻining baland va ozod hilpirashini istaydi. Shu qatorda bayroq Oʻzbekiston uchun ham faqatgina davlat ramzi emas, shu yurtda tugʻilib, shu zaminning mehridan qonib yashayotgan barcha el-elatlarning tinchlik va ahillik timsoliga, qalblarni yaqinlashtiradigan vositaga aylangan.