"Mengi Tekstil group" korxonasida qayta baholash ishlari olib borildi

Navoiy viloyati Navbahor tumanida joylashgan yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksporti bilan shugʻullanuvchi "Mengi Tekstil group" MChJ vakillari bilan "Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Navoiy filiali mutaxassislari o‘rtasida hamkorlikda doimiy ishlar olib borilmoqda.
Bugungi kunda filial mutaxassislari tomonidan korxonada ishlab chiqarilayotgan trikotat mahsulotlarining yorliqlanishi va qadoqlanishi hamda sifatini oshirish yuzasidan zarur taklif va tavsiyalar berilib, qayta baholash ishlari olib borildi.