Mahalliy mahsulotlarni eksportga yo‘naltirish dolzarb masala

"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Samarqand filiali masʼullari tomonidan Yevropa ittifoqining "GSP+" preferensiyalar tizimi doirasida mahalliy mahsulotlarni Yevropa davlatlariga eksport qilish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Viloyatda faoliyat olib borayotgan ishlab chiqaruvchi va eksportyor korxonalar vakillari ishtirokidagi mazkur seminardan asosiy koʻzlangan maqsad, "Ma’muriy islohatlar doirasida investitsiyalar, sanoat va savdo sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-111-sonli Farmoni ijrosini ta’minlashga qaratilgan.