Ko‘chat ekish – ezgu qadriyat

Ma’lumki, yurtimiz bo‘ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari davom etmoqda. "Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Sirdaryo filiali tomonidan ham mazkur xayrli ishlar yuksak uyushqoqlik bilan tashkil etildi.
Filial xodimlari Mirzaobod tumani Oqoltin mahalla fuqarolar yig‘ini hududiga 1640 dona manzarali daraxt ko‘chatlarini ekishda ishtirok etib, "Yashil makon" umummilliy loyihasiga o‘z hissalarini qo‘shishdi.