Korxonalar eksport hajmi ortib boryapti

"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Buxoro filiali tomonidan ko‘rsatilgan amaliy yordamlar natijasida "LE UAT DE BUXARA" masʼuliyati cheklangan jamiyatining 1,8 million AQSh dollariga teng mahsulotlari eksport qilindi.
Tibbiyotda foydalaniladigan doka hamda bint ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mazkur korxona bilan doimiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Kelgusi yilda eksport hajmini hamda mahsulotlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab olindi.