"Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi" mavzusida oʻquv seminari oʻtkazildi

Bugungi kunda korrupsiya jinoyati dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan global muammolardan biridir. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib kеladi.
O‘zbekiston standartlar institutida "Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi xodimlari ishtirokida "Biz korrupsiyaga qarshimiz" shiori ostida oʻquv seminari tashkil etildi. Tadbirda so‘z olgan masʼullar korrupsiya jinoyatini oldini olish, unga imkon yaratib beruvchi omillarga chek qoʻyish, ushbu illatdan doimiy ogoh boʻlish boʻyicha maʼruza qildilar. Bundan tashqari, tadbir davomida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha xalqaro tajribadan turli misollar keltirildi.
Shuningdek, vijdon erkinligi va diniy bagʻrikenglik masalalariga ham toʻxtalib oʻtildi.