Janubiy Koreya tajribasi o‘rganilmoqda

Koreya Respublikasining "Korea Conformity Laboratories" (KCL) kompaniyasida "Muvofiqlikni baholash va samaradorlikni nazorat qilish tizimi bilan tanishish, Koreya energiya samaradorligini sertifikatlashtirish tizimi va sinov tizimi" mavzusida seminar trening bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zTTSA hamda "Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi masʼullaridan iborat delegatsiya vakillari ishtirok etdi.
Mazkur seminarda Koreya standartlari va muvofiqlikni baholash tog‘risidagi qonunlari, energiya taʼminoti va talabini boshqarish siyosati, samaradorlikni va tizimning ishlashini uzluksiz nazorat qilish, energiya samaradorligi darajasini belgilash tizimi tog‘risida maʼruzalar qilindi. Yakunda seminar trening qatnashchilariga sertifikatlar topshirildi.
Shundan so‘ng, masʼullar "Korea Conformity Laboratories" (KCL) kompaniyasi vitse-prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida seminar yakuni bo‘yicha xulosalar hamda joriy yilning noyabr oyida mamlakatimizda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan hamkorlikdagi o‘quv-amaliy seminari muhokama qilindi. Bundan tashqari, konditsioner mahsulotlarini energiya samaradorligini baholash laboratoriyasini tashkil etish loyihasi doirasida olib borilishi zarur bo‘lgan kelgusidagi ishlar belgilab olindi.