"HYDROGEN ENERGY" xususiy korxonasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Navoiy viloyati Karmana tumanida investitsiya loyihasi dasturi doirasida ishga tushirilgan "HYDROGEN ENERGY" xususiy korxonasi hozirgi kunda vodorod peroksidi ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.
"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Navoiy filiali mutaxassislari mazkur korxonada bo‘lib, masʼullarga ISO 9001 tizimi bo‘yicha tushunchalar berdi. Shuningdek, korxonaga kelgusida ishlab chiqariladigan yangi turdagi mahsulotlarni sertifikatlash, eksport geografiyasini kengaytirish uchun xorijiy davlatlar standartlari talabini o‘rganishda va sohaga oid boshqa masalalarda amaliy yordam berish bo‘yicha yuzasidan maʼlumotlar taqdim etildi.