Hamkorlik memorandumi imzolandi

"O‘zbekiston ilmiy sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi hamda Toshkent metallurgiya zavodi masʼullari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandumga muvofiq, strategik sheriklikni amalga oshirishga ko‘maklashish va muvofiqlikni baholash sohasida to‘plangan kasbiy bilim hamda texnik malakaga asoslangan uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, xalqaro tamoyillarga asosan ikki tomonlama solishtiruv sinovlarini o‘tkazish, o‘zaro ilg‘or tajribalarni almashish, o‘quv seminari va konferensiyalar tashkil etish, moddiy texnik bazani takomillashtirish kabi sohaning muhim masalalari o‘rin olgan.