Halol sertifikatlashtirish tizimi masalalari muhokama qilindi

Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi Savdo vakolatxonasi hamda OʻzTTSA, "Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi masʼullari oʻrtasida onlayn muloqot tashkil qilindi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasida halol mahsulot va xizmatlarni sertifikatlash bo‘yicha "Roskachestvo — Halal" organi tomonidan ixtiyoriy sertifikatlashtirish tizimining sertifikatlarini qo‘llash va tan olish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatish masalalari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, mahsulotlar va xizmatlar, ularning vazifalari, jumladan, milliy halol standartlarini ishlab chiqishga ko‘maklashish, xalqaro talablarga muvofiqlashtirish, sertifikatlashtirish organlarining federal tarmog‘ini yaratish yuzasidan o‘zaro fikrlar almashildi.