"O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Chirchiq filiali tomonidan Quyi Сhirchiq tumanida faoliyat yuritayotgan "TCT CLUSTER" masʼuliyati cheklangan jamiyati tarkibidagi "TCT Rice" korxonasida ishlab chiqarilayotgan 5 turdagi guruch mahsulotlari sertifikatlashtirildi.
Korxona vakillari bilan o‘tgan uchrashuvda texnik jihatdan tartibga solish sohasida qabul qilingan yangi qonunlarning mazmun-mohiyati to‘g‘risida ma’lumotlar yetkazildi.
Shu jumladan, korxona vakillariga ISO 22000 standartini joriq qilish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni eksportga yo‘naltirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Ushbu jarayonlarni amalga oshirishda esa filial xodimlari amaliy va konsultativ xizmatlarlarni ko‘rsatishga tayyor ekanligi eslatib o‘tildi.