Grant loyihani amalga oshirish yuzasidan Janubiy Koreyalik mutaxassislar bilan uchrashuv o‘tkazildi

"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi masʼullari hamda Janubiy Koreya respublikasining "Korea Conformity Laboratories" tashkiloti mutaxassislari o‘rtasida yangi grant loyihani ishga tushirish masalalari yuzasidan uchrashuv tashkil etildi.
Koreyalik mutaxassislar bilan o‘tgan uchrashuv mobaynida Toshkent viloyatining Piskent tumanidagi Markazning elektromagnit moslashuvchanligi sinov majmuasida tashkil etilayotgan konditsioner mahsulotlarining elektr samaradorligi laboratoriyasi boʻyicha muzokaralar olib borildi. Yakunda hamkorlikdagi faoliyatni yanada jadallashtirish yuzasidan tomonlar oʻrtasida kelgusi rejalar belgilab olindi.