"Global Export Company" korxonasiga amaliy yordam ko‘rsatildi

"O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Samarqand filiali xodimlari Samarqand tumanida joylashgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiluvchi "Global Export Company" masʼuliyati cheklangan jamiyatida bo‘lib, korxona vakillariga sohaga doir qonunchiliklar to‘g‘risida keng tushunchalar berib o‘tdi.
Jarayon davomida korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning muvofiqligini baholash bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi. Yakunda o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha kelishib olindi.