Fuqaro muhofazasiga bagʻishlangan oʻquv seminari boʻlib oʻtdi

Fuqaro muhofazasiga bagʻishlangan oʻquv seminari boʻlib oʻtdi

Bizga ma’lumki, O‘zbekiston hududi seysmik jihatdan faol hududlar qatoriga kiradi. Shu sabab, fuqarolarni favqulotda vaziyatlar borasida tayyorgarlik ko‘nikmasini shakllantirish muhim vazifalardan biridir.
Bugun O‘zbekiston standartlar institutida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti bilan hamkorlikda fuqaro muhofazasi yo‘nalishi bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
O‘zbekiston standartlar instituti va O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi mutaxassis va xodimlari ishtirok etgan mazkur tadbirda zilzila va uning oqibatlariga oid ko‘rgazmali o‘quv-uslubiy vositalar yordamida keng tushunchalar berib o‘tildi va zilzila sodir bo‘lgan jarayonlarda fuqarolarning himoyalanishi yuzasidan amaliy ko‘nikmalar shakllantirildi. Ishtirokchilar o‘zlarini mavzu bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.