Ertamiz egalari maktab ostonasida

Ilk bora maktabga qadam qo‘yish har bir bola uchun bu juda muhim va yodda qolarli voqea. Birinchi qo‘ng‘iroq jarangi esa har bir qalbga, ayniqsa, bilimlar xazinasi sari intilayotgan jajji bolajonlarga olam-olam quvonch baxsh etishi hech kimga sir emas.
"O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasida faoliyat yuritayotgan xodimlarning 2023-2024-o‘quv yilida 1-sinfga chiqadigan farzandlari uchun tadbir tashkil etildi. Unda bolajonlarga barcha o‘quv qurollari jamlangan maktab sumkasi va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
Tadbirda so‘z olganlar ertamiz egalarining bilimlarni puxta egallab, a’lo baholarda o‘qishini, xalqaro fan olimpiadalari va sport musobaqalarida yuqori o‘rinlarni egallashlarini, eng muhimi, Vatanimiz uchun nafi tegadigan malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlarini tiladi.