Eksportyor korxonalar faoliyati qo‘llab-quvvatlanyapti

"O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Samarqand filiali xodimlari Urgut tumanida joylashgan karton qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqaruvchi hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarni eksport qiluvchi "Sirojiddin Agro Fruits" masʼuliyati cheklangan jamiyatida uchrashuv o‘tkazdi.
Jarayon mobaynida mazkur korxona vakillariga sohaga doir qonunchiliklar to‘g‘risida keng tushunchalar berib o‘tildi. Bundan tashqari, mahsulotlarni GSP+ preferensiyalar tizimi doirasida eksportga yoʻnaltirish afzalliklari yuzasidan zarur maʼlumotlar taqdim etildi.