Eksportyor korxona vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

"O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Samarqand filiali xodimlari Toyloq tumanida joylashgan qurutilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiluvchi "Doniyev Servis Stil" masʼuliyati cheklangan jamiyatida bo‘lib, korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
Korxona vakillari bilan o‘tgan uchrashuv mobaynida masʼullarga sohaga doir keng tushunchalar berib o‘tildi. Shuningdek, kelgusida hamkorlikda ishlash bo‘yicha kelishib olindi.