Bugun, 29-mart kuni Toshkentda "Avtomobilsiz kun" aksiyasi o‘tkazilmoqda

"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi hamda uning hududiy filiallari xodimlari ushbu aksiya doirasida ishga shaxsiy avtomobilsiz kelishmoqda.
Aksiyadan asosiy koʻzlangan maqsad, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalariga jamoatchilik e’tiborini jalb qilish, shaharlarda avtomobillar harakatini kamaytirish va jamoat transportini rivojlantirishdan iborat.
Barchani mazkur aksiyada faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!