Yangi eksportyorlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlikda ishlar olib borilmoqda

"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Samarqand filiali xodimlari Kattaqo‘rg‘on tumanida joylashgan sement mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi "Hengyuan Sement" masʼuliyati cheklangan jamiyati xorijiy korxonasida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
Hozir kunda korxonaga mahsulotlarni muvofiqligini baholash masalalarida amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.
Korxona vakillar bilan o‘tgan uchrashuv davomida ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish va eksportga yo‘naltirish yuzasidan hamkorlikda ishlashga kelishib olindi. Shuningdek, masʼullarga sohaga doir qonunchiliklar to‘g‘risida keng tushunchalar berildi.