"VICOR METAN" masʼuliyati cheklan jamiyatida xalqaro standart joriy etildi
Bosh sahifa Yangiliklar "VICOR METAN" masʼuliyati cheklan jamiyatida xalqaro standart joriy etildi
Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumanida faoliyat yurituvchi "VICOR METAN" masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan siqilgan va suyuq gaz uchun metall gaz balonlar ishlab chiqarilmoqda. Bugungi kunda "Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Qoʻqon filiali koʻmagida ushbu korxonada ISO 9001:2015 xalqaro standarti joriy etildi.
Bundan tashqari, filial mutaxassislarining amaliy yordamlari natijasida mazkur standart bilan bogʻliq xarajatlarning Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan 100 foizi qoplab berildi. Hozirgi kunda korxona bilan sohaga doir hamkorlikdagi faoliyat yanada kengaytirilmoqda.