Sohada ayollarni qoʻllab-quvvatlashga eʼtibor qaratilmoqda

"O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi va uning hududiy filiallarida faoliyat yurituvchi xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ular oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish hamda ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli va mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash, shuningdek, huquq va manfaatlarini doimiy himoya qilishga asosiy eʼtibor qaratilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining "Vazirlik va idoralar hamda ular tizimidagi tashkilotlar tomonidan aholiga xizmat koʻrsatish samaradorligini oshirish boʻyicha kelgusidagi vazifalar toʻgʻrisida"gi 109-sonli majlis bayonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Markaz xotin-qizlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Unda ayollarning jamiyatdagi teng huquqlari, kiyinish madaniyati va ish samaradorligini oshirish borasida yaratilgan shart-sharoitlar kabi masalalar muhokama qilindi.