Soha fidoyilari bo‘lgan ustozlarga ehtirom koʻrsatildi

Inson, avvalo, unga bilim va maʼrifat dunyosi sari yoʻl ochib bergan, uning qalbiga yuksak insoniy fazilatlar hissini singdirish yoʻlida zahmat chekkan ustoz va murabbiylariga nisbatan koʻnglida hamisha minnatdorlik tuygʻusi bilan yashaydi.
"Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan "Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi hamda tizim tashkilotlari Qo‘qon filiali xodimlari sohaga xizmati singan ustoz va murabbiylar bilan samimiy suhbatlar oʻtkazdi. Bayram arafasida ustozlarga filial xodimlari tomonidan esdalik sovgʻalari topshirildi.