"SIRDARYO MEGA LUKS" korxonasiga xalqaro standartlar talablari yetkazildi
Bosh sahifa Yangiliklar "SIRDARYO MEGA LUKS" korxonasiga xalqaro standartlar talablari yetkazildi
Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida joylashgan, asosiy faoliyati polimer mahsulotlari ishlab chiqarish va eksporti bilan shug‘ullanuvchi "SIRDARYO MEGA LUKS" masʼuliyati cheklangan jamiyati bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.
"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Sirdaryo filiali mutaxassislari tomonidan Belorussiyalik texnologlari bilan polimer materiallariga oid me’yoriy hujjatlar talablari tahlil qilinib, sifati o‘rganildi. Korxona mas’ullariga muvofiqlikni baholash va tasdiqlash sohasidagi me’yoriy hujjatlar talablari yetkazildi. Menejment tizimlarini joriy etish yuzasidan ISO xalqaro standartlari bo‘yicha tushunchalar berildi.