Sinov natijalari xalqaro darajada tan olinmoqda

Sinov natijalari xalqaro darajada tan olinmoqda
"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Sinov laboratoriyalar majmuasini solishtiruv sinovlari orqali xalqaro darajadagi nufuzini oshirish maqsadida Markaz hamda Rossiya Federatsiyasining "ВНИИМ им.Д.И.Менделеева" instituti (provayder) o‘rtasida shartnoma imzolangan.
Ushbu shartnoma asosida Sinov majmuasining Polimer mahsulotlarini sinash sinov laboratoriyasiga "ВНИИМ им.Д.И.Менделеева" instituti tomonidan namunalar (plenka mahsuloti) jo‘natildi. Yuborilgan namunalar sinash laboratoriyada ГОСТ 14236-81 me’yoriy hujjati asosida "Прочность при разриве" va "Относитеьный удлинения" ko‘ratkichlari bo‘yicha sinovlari amalga oshirilib, sinov bayonnomasi rasmiylashtirildi. Xalqaro provayder tashkilot tomonidan tomonidan Markazda o‘tkazilgan sinov natijalari ijobiy baholanib guvohnoma taqdim etildi.