Sinov laboratoriyalar majmuasida talabalar uchun amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi

"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasining Yengil sanoat mahsulotlari sinov laboratoriyalar majmuasida Toshkent davlat agrar universiteti talabalari amaliyot o‘tamoqda.
Talabalar ustoz shogird tamoyili asosida laboratoriyaning malakali mutaxassislariga biriktirilgan. Mashg‘ulotlar paytida talabalarga qiziqarli va tushunarli bo‘lishi uchun sinovlarga jalb etgan holda nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llashga imkoniyat yaratib berildi.