Shisha idish mahsulotlari sinovdan o‘tkazilmoqda

Mamlakatimizdagi mahalliy eksportyor korxonalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularga amaliy ko‘mak berish doirasida respublikadagi yirik xajmda shisha idishlar ishlab chiqarish va eksport qilishga ixtisoslashgan korxona mahsulotlarining sinovlari olib borilmoqda.
Mazkur sinovlar "Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasining eng so‘nggi va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan Yengil sanoat mahsulotlari sinov laboratoriyalar majmuasida malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshirilmoqda.