Samarqandda davlat tiliga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. Har bir millatning Vatani, davlati kabi yana bir buyuk birlamchi boyligi mavjud. Bu – uning tilidir.
"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Samarqand filialida tizim tashkilotlari xodimlari uchun o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Unda O‘zTTSA matbuot xizmati rahbari A.Rasulov, Oliy Majlis senati a’zosi, senator, Zarafshon gazetasining bosh muharriri, F.Toshev hamda viloyat ma‘naviyat va ma‘rifat targ‘ibotchilari ishtirok etdi. Tadbirda soʻz olganlar tomonidan oʻzbek tilini rivojlantirish va uning nufuzini oshirish masalalarida maʼruzalar qilindi. Tadbir yakunida  shoir Farmon Toshevning turli janrlarda yozilgan kitoblari xodimlarga ulashildi.